Ikki hududda avtokredit mablag‘larini o‘zlashtirganlar ushlandi
Illyustrativ foto
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida avtokredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “L.N.” MChJ mas’ul shaxslari “D.” MChJdan “Isuzu” rusumli yuk mashinasini sotib olgandan keyin garovga qo‘yish sharti bilan hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘ining 595 mln so‘mini ushbu MChJ orqali naqdlashtirib olib, talon-taroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergov qadar tekshiruvda fuqaro B.E. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga xarid qilingan “Kia Karnival” rusumli avtomashinani sotib yuborib, bank manfaatlariga 354,9 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring