Ikki hududda 56 gektardan ortiq yer maydonini sotmoqchi boʻlgan firibgarlar qoʻlga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navbahor tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Z.B. Karmana tumani, “Kumushkon” MFY hududidagi 15 sotix yer maydonini goʻyoki kadastr boʻlimida ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.Q.ning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 217 million soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Chimboy tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro U.Sh. “Kenes” OFY hududidagi davlat zaxirasida boʻlgan 56 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro X.I.ning nomiga rasmiylashtirib berishini vaʼda qilib, undan 54 million soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring