Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi bo‘lib o’tmoqda
Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi, O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi, O‘zbekiston Ixtirochi ayollar markazi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tomonidan joriy yilning 7-12 oktabr kunlari Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida tashkil etilayotgan Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion tadbirkorlik haftaligida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘layotgan 200 dan ortik xotin-qizlar o‘z biznes g‘oyalari bilan ishtirok etadilar.
Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion tadbirkorlik haftaligini o‘tkazishdan asosiy maqsad:
- yurtimizning iqtidorli xotin-qizlari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan biznes g‘oya va loyihalarning asosiy yo‘nalishlari, holati va darajalarini aniqlash;
- mamlakatimiz xotin-qizlarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish va ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttirish;
- xotin-qizlarning intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishlariga ko‘maklashish;
- xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatiga innovatsion yondashuvni joriy qilish;
- xotin-qizlarning o‘z biznes g‘oya va loyihalarini amalga oshirishlariga ko‘maklashish.
- Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion tadbirkorlik haftaligi doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
- Ixtirochi va tadbirkor xotin-qizlarning innovatsion loyiha, texnologiya hamda mahsulotlari ko‘rgazmasi;
- Innovatsion tadbirkorlik haftaligi ishtirokchilari uchun ixtiro, foydali model, sanoat namunasi va tovar belgilarini huquqiy muhofazasi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;
- Tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun biznes seminarlar tashkil qilinadi;
- Tajribali tadbirkorlar tomonidan ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulotlar hamda davra suhbatlari o‘tkaziladi;
- Lider tadbirkor ayollarning amalga oshirgan ishlari bo‘yicha taqdimotlari o‘tkaziladi;
- Haftalik yakunida ishtirokchi xotin-qizlar orttirgan tajriba va ko‘nikmalari asosida tayyorlagan biznes loyihalari bo‘yicha taqdimotlar qilishadi;
- Haftalik davomida ta’lim olgan xotin-qizlarga sertifikat beriladi.
Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda respublikamizning turli korxonalarida samarali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdagi ijodiy masalalarni hal qilishda ixtirochi ayollarning ijodiy potensialini kuchaytirish, jamiyat e’tiborini respublika xotin-qizlarining intellektual potensialini rivojlantirish masalalariga qaratish ishlari amalga oshiriladi.
Xotin-qizlarning o‘z iste’dodlarini namoyon qilishlariga imkoniyat yaratish maqsadida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yil davomida malaka oshirish kurslari, kasb-hunarga yo‘naltirilgan kurslar va mahorat darslari tashkil qilib boriladi.
Xotin-qizlar tomonidan yaratilgan innovatsion mahsulotlar, texnika, texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish va ishlab chiqarish korxonalari ochish bo‘yicha maqsadli ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Iqtidorli xotin-qizlarni tegishli soha korxonalarining ilmiy, texnik va texnologik muammolari bo‘yicha olingan patentlari asosida innovatsion loyihalarini tayyorlab Innovatsion rivojlanish agentligi, agentliklar, Xolding kompaniyalari, aksiyadorlik jamiyatlari, sanoat korxonalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlarda qatnashishlari bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshiriladi. Shuningdek, iqtidorli xotin-qizlarni o‘z loyixalari bilan xalqaro tanlovlarda qatnashishlari bo‘yicha ham maqsadli ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Iqtidorli xotin-qizlarni xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari, innovatsiya markazlari va sanoat korxonalarida o‘z malakalarini oshirishga yuborish hamda xalqaro anjumanlar, seminarlar, yarmarkalar va ko‘rgazmalarda ishtirok etishlari bo‘yicha maqsadli ishlar bajariladi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va hamkor tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar Respublikamiz xotin-qizlari tomonidan bajarilayotgan innovatsion loyihalarini keng jamoatchilikka targ‘ib etishda hamda olima, ixtirochi, tadbirkor va ishbilarmon ayollarning yangi avlodini tarbiyalab o‘stirishga xizmat qiladi.
Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring