IIV Akademiyasi kursanti “Ilhom” mukofotiga sazovor boʻldi
Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Ilhom” mukofoti tanlovi gʻoliblarini taqdirlashga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Adabiyot bayramida qator vazirlik va idoralar mutasaddilari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar hamda yoshlar jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi. Tadbir avvalida soʻz olganlar muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan taʼsis etilgan va anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan tanlov yoshlarning adabiyotga qiziqishini yanada oshirish, ularni barkamol avlod etib tarbiyalash, yozuvchi va shoirlarimiz ibratli hayoti hamda boy ijodiy merosini chuqur oʻrganishda mustahkam tayanch boʻlayotgani eʼtirof etishdi.
Aytish joizki, tanlovning oliy taʼlim muassasalari doirasida tashkil etilgan saralash bosqichida oʻn mingdan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Respublika bosqichiga 58 ta oliy taʼlim muassasasidan 105 ta ijodiy ish qabul qilindi. Hakamlar hayʼati tomonidan 3 ta asosiy va 6 ta ragʻbatlantiruvchi mukofot uchun gʻoliblar saralandi.
Tadbirda gʻolib va sovrindorlar tantanali ravishda eʼlon qilindi. Urganch davlat universiteti oʻqituvchisi Akbar Otaboyev “Ilhom” tanlovi gʻolibi deb eʼtirof etilib, unga “Spark” avtomobili topshirildi. IIV Akademiyasi kursanti Javohir Bafoyev faxrli ikkinchi oʻrin va 30 million soʻm mukofotga sazovor boʻldi. Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti talabasi Asadbek Roʻziyevga esa uchinchi oʻrin va 15 million soʻm mukofot nasib qildi.
Gʻoliblar diplom va statuetka bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, yana olti nafar ishtirokchi ragʻbatlantiruvchi mukofotlarga munosib deb topildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring