II Toshkent Xalqaro marafoni yakunlandi, ikki nafar oʻzbekistonlik spotchi Olimpiya oʻyinlari talabini bajardi

Bugun poytaxtimizda II Toshkent Xalqaro marafoni oʻtkazildi. Ushbu musobaqa yakunida bir yoʻla ikki nafar hamyurtimiz Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari talabini bajarishga muvaffaq boʻldi.
Aslida mutaxassislar ushbu marafonda qatnashgan yana bir sportchimiz Sitora Hamidovaga ham katta umid bogʻlashgan edi, ammo undan bu safar omad ochiqchasiga yuz oʻgirdi. Aks holda Olimpiya oʻyinlari talabini bajargan sportchilarimiz safi yana-da kengayishi mumkin edi. Shunday boʻlsada, qayd etilgan natijadan keng sport jamoatchiligining koʻngli toʻldi, deyish mumkin.
II Toshkent Xalqaro marafoni gʻolib va sovrindorlari:
Yarim marafon (21 km 97,5 m)
Erkaklar:
1. Yevgeniy Fadeyev (Surxondaryo) – 1:06.01
2. Otabek Toshquvvatov (Samarqand) – 1:06.23
3. Hasan Akbaraliyev (Fargʻona) – 1:07.14
Ayollar:
1. Azizaxon Mirzaakbarova (Andijon) – 1:15.01
2. Sabina Talachyova (Namangan) – 1:20.32
3. Veronika Grishina (Surxondaryo) – 1:21.32
Marafon (42 km 195 m)
Erkaklar:
1. Andrey Petrov (Oʻzbekiston) – 2:10.06
2. Ilya Tyapkin (Qirgʻiziston) – 2:16.07
3. Vladislav Mamedov (Oʻzbekiston) – 2:17.35
Ayollar:
1. Mariya Korobiskaya (Qirgʻiziston) – 2:26.43
2. Yekaterina Tunguskova (Oʻzbekiston) – 2:28.55
3. Marina Xmelevskaya (Oʻzbekiston) – 2:30.39
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar, shuningdek, ushbu musobaqa orqali Tokio-2020 Olimpiadasiga yoʻllanma olgan sportchilar taqdirlandi. Musobaqada 21 km masofaga yarim marafonda yugurgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov “Gʻalabaga boʻlgan irodasi” uchun nominatsiyasiga sazovor boʻldi.
Maʼlumot uchun, Xalqaro yengil atletika federatsiyasi tomonidan marafon yoʻnalishida Tokio-2020 Olimpiada oʻyinlari talabi erkaklar uchun 2 soatu 11 daqiqa 30 soniyani, ayollar uchun esa 2 soatu 29 daqiqa 30 soniyani tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring