IFFHS 2021-yil yakunlariga eng kuchli klublari reytingini eʼlon qildi. “Nasaf” Osiyoda kuchlilar qatorida
Foto: “Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati
Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federatsiyasi — IFFHS 2021-yil yakunlariga koʻra jahonning eng kuchli erkaklar klublari reytingini eʼlon qildi.
Reytingning eng yuqori pogʻonasidan Braziliyaning “Palmeypas” (332) joy oldi. Kuchli uchlikda esa “Atletiko Mineyro” (313) va “Manchester Siti” (300) qayd etildi. UEFA Chempionlar ligasi gʻolibi “Chelsi” esa 4-oʻrinni egalladi. Ingliz klubi hisobida 289 ochko bor.
Undan Oʻzbekistonning 3 ta klubi joy oldi:
“Nasaf” — 213-oʻrin (89 ochko)
“Paxtakor” — 283-oʻrin (75,5 ochko)
AGMK — 331-oʻrin (70,5 ochko).
Qarshining “Nasaf” jamoasi Osiyo miqyosida kuchli 11talikda qayd etildi.
Eslatib oʻtamiz, 2020-yil yakuniga koʻra eʼlon qilingan reytingda Toshkentning “Paxtakor” jamoasi oʻzbek klublari ichida eng yaxshi natijani qayd etgan edi: jahonda — 85, Osiyoda — 4-oʻrin.
Demak reytingdagi Osiyo jamoalarining oʻrinlari quyidagicha:
61. “Ulsan Xyonde” (J.Koreya) – 159,5
101. Chonbuk Xyonde Motors (J.Koreya) – 135
101. “Kavasaki Frontale” (Yaponiya) – 135
138. “Persepolis” (Eron) – 114,5
144. “Tegu” (J.Koreya) – 112
147. “Al Hilol” (S.Arabistoni) – 111,5
152. “Poxang Stilers” (J.Koreya) – 109,5
161. “Nagoya Grampus” (Yaponiya) – 105,5
173. “Al Nassr” (S.Arabistoni) – 100
194. “Istiqlol” (Eron) – 93
213. “Nasaf” (Oʻzbekiston) – 89
225. “Al Vahda” (BAA) – 86
...
283. “Paxtakor” (Oʻzbekiston) – 75,5
292. “Fulad” (Eron) – 74
...
331. AGMK (Oʻzbekiston) – 70,5
346. “Shabab Al Ahli” (BAA) – 68,5
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring