Ichki sayohatlarga chegirmalar eʼlon qilindi

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Navroʻz bayrami munosabati bilan 2023-yil 19–20–21–22–23-mart kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yoʻnalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika boʻylab chegirmalar joriy qilindi.
Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi 2022-yil 23-dekabrdagi Farmoni ijrosini bajarish maqsadida amalga oshirildi.
Xususan, respublika boʻylab joylashgan muzeylar, mehmonxonalar, ovqatlanish shoxobchalari tomonidan beriladigan (ixtiyoriy) chegirmalar hamda rejalashtirilgan tadbirlar, ichki turizm yoʻnalishida faoliyat olib boruvchi turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari roʻyxati bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.
«Uzbekistan Airways» AJ Respublika aholisi uchun 2023-yilning 18-martidan 22-martigacha Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning ekonom va bizness klass tariflariga 21 foiz chegirma eʼlon qildi.
Aviachiptalarni «www.uzairways.com» sayti, «UzAirways» mobil ilovasi, «Uzbekistan Airways Sales» filiali orqali yoki aviakompaniya agentliklaridan xarid qilish mumkin.
Madaniy meros agentligi tomonidan bayram (ishlanmaydigan) kunlarida agentlik tizimidagi davlat muzey hamda direksiyalarning kirish chiptalariga 10 foiz chegirmalar eʼlon qilindi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondiga qarashli va pullik kirish chiptalari joriy qilingan madaniy meros obyektlari (ziyoratgoh va qadamjolar)da 18–22-mart kunlari yurtimiz fuqarolari uchun kirish chiptalar narxiga kattalar uchun 20 foizlik hamda yoshlar uchun 50 foizlik chegirmalar eʼlon qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti qoʻshma korхonalarni ishga tushirdi va Xitoy ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi
- “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
- “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammiti. Ikkinchi kundan fotoreportaj
- Oʻzbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi samarali boʻldi
- Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida 20-may kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring