Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bitiruvchilariga tantanali ravishda diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi — Fotoreportaj

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining bitiruvchilari sharafli xizmatga yoʻl oldilar. Kecha, 28-iyun kuni Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bitiruvchilari yosh leytenantlarga tantanali ravishda diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.




Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, sohaviy xizmatlar va Akademiya rahbariyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning masʼullari, qator davlat organlaridan mehmonlar, soha faxriylari, bitiruvchilarning ota-onalari, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.




Bu yil Akademiyaning kunduzgi taʼlim yoʻnalishini “tezkor-qidiruv faoliyati”, “tergov faoliyati”, “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “ekspert-kriminalistika faoliyati”, “xizmat faoliyatini psixologik taʼminlash”, “axborot xavfsizligi”, “tashkiliy shtab faoliyati” hamda “jazoni ijro etish faoliyati” mutaxassisliklari boʻyicha 696 nafar kursant tamomladi.






Shulardan 19 nafari imtiyozli diplom bilan yana ikki nafari muddatidan oldin “katta leytenant” maxsus unvoni bilan yakunlashga muyassar boʻldi.
Ahamiyatlisi shundaki, soʻnggi 5-yilda ichki ishlar organlarining oltin fondini tashkil qiluvchi aʼlochi va namunali kursantlardan 18 nafari ichki ishlar vaziri, 8 nafari “Jaloliddin Manguberdi”, 6 nafari “Choʻlpon” stipendiyalariga, 30 nafari “Akademiya aʼlochisi” koʻkrak nishoni, 38 nafari milliy va xalqaro tanlovlarda yuqori oʻrinlarga sazovor boʻlgan.





Shu bilan birga, Akademiya kursantlari Jahon va Osiyo chempionatlarida 16 ta, xalqaro turnirlarda 21 ta, respublika chempionatlarida 129 ta, turdosh oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi musobaqalarda 139 ta medalni qoʻlga kiritgan.


Xususan, Sabina Kamolova, Tofiqbek Akramov, Anvar Hasanov, Dilbar Safarovalar ichki ishlar vaziri stipendiyasiga, Kamron Ismoilov “Jaloliddin Munguberdi” nomidagi stipendiyaga, Farangiz Abdurahmonova “Choʻlpon” stipendiyasiga sazovor boʻlgan boʻlsa, Muyassar Kushmuratova ayollar kurashi, Azizbek Hoshimov kikboksing, Asadbek Murodov qoʻl jangi, Iroda Bekmirzayeva yengil atletika boʻyicha respublika hamda xalqaro nufuzli musobaqalarda bir necha bor gʻolib va sovrindorlar qatoridan oʻrin oldi.




Muddatidan oldin “katta leytenant” unvoniga sazovor boʻlgan Toshmurod Abdurahmonov “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida taʼlim va innovatsiyalar” hamda “Umummilliy Konstitutsiya imtihoni” milliy tanlovlari, “Yoshlar va qonun” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi, turdosh oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Mardlar bellashuvi” koʻrik-tanlovi gʻolibi, MDHning turdosh oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻtkazilgan ilmiy tanlovda 1-oʻrin sohibi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi aʼzosi hisoblanadi.




Tantanali tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan yoshlarning buguni va kelajak taqdiri yoʻlida yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar, fidoyi va tashabbuskor yoshlar qoʻlga kiritayotgan yutuqlari eʼtirof etilib, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashishda Vatanimiz va xalqimizga yuksak sadoqat bilan xizmat qilish zarurligi taʼkidlandi.
Yunus BOʻRIYEV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring