Ibn Sino dorivor giyohlari orasida zaʼfaron ham bor
Foto: “Xalq soʻzi”
Buxoroda davom etayotgan anʼanaviy XII Xalqaro Ibn Sino oʻqishlari ishtirokchilari safida dorishunosu shifokorlar, tarixchilar, faylasuflar qatori koʻplab olimu tadqiqotchilar ham bor. Bahodir Jumayev shularning biri. Biz uni anjuman doirasida tashkil etilgan koʻrgazmada uchratib qoldik.
— Ulugʻ ajdodimiz Abu Ali ibn Sino tuzgan shifobaxsh dorivor giyohlar roʻyxatida 840 ta oʻsimlik qayd etilgan,— deydi Buxoro davlat tibbiyot institutining xalq tabobati va kasb kasalliklari kafedrasi dotsenti vazifasida ishlayotgan B. Jumayev. – Ularning biri mana bu zaʼfaron oʻsimligidir.
Olim eʼtiborimizni koʻpchilikning qiziqishiga sabab boʻlayotgan peshtaxta sari boshladi. Bu yerda “BMB Holding” kompaniyasi tomonidan Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi plantatsiyalarida yetishtirilgan zaʼfaron mahsulotlari namoyishga qoʻyilgan ekan.

— 400 gektar maydonda zaʼfaron plantatsiyalari barpo etganmiz, — deydi korxona masʼul xodimi Mamadiyor Sherbekov. — Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, 2027-yilga borib plantatsiyalarimiz 2 ming gektarga yetadi. Zaʼfarondan tayyorlayotgan dorilarimiz tamoman tabiiy mahsulot sanaladi. Italiyaning zamonaviy laboratoriyalarida bu oʻz tasdigʻini topgan. Ular import oʻrnini bosadi. Mahsulotlarimizga AQSH, Yevropa davlatlaridan ham buyurtmalar tushyapti.
Mutaxassislarning taʼkidlashlaricha, zaʼfaron tarkibida minerallar va vitaminlar, efir moylari va inson salomatligi uchun kerakli boshqa koʻplab moddalar mavjud. U qon aylanishini yaxshilaydi, miya faoliyatiga ijobiy taʼsir oʻtkazadi. Yurak – qon tomir tizimiga foydali taʼsir koʻrsatadi. Hatto saraton kasalligi oldini oladi. Bir soʻz bilan aytganda, zaʼfaron damlamasidan isteʼmol qilgan kishi oʻz salomatligini mustahkamlaydi.
— Serquyosh oʻlkamiz ana shunday foydali giyohlarga benihoya boy,— deydi pirovardida Bahodir Jumayev.— Ularni asrab – avaylash, koʻpaytirish va Ibn Sino tavsiyalari asosida oqilona foydalanish xalqimiz salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring