IBBY Bosh assambleyasining Xans Xristian Andersen Oltin medalini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi
Foto: Xalq soʻzi
Joriy yilning 5-8-sentyabr kunlari Malayziyada IBBY 38 Xalqaro kongressi boʻlib oʻtayotgani va unda IBBYning Oʻzbekiston milliy shoʻbasi vakillari ishtirok etayotgani maʼlum qilingan edi.
Ushbu nufuzi tadbir doirasida IBBY Bosh assambleyasining Xans Xristian Andersen Oltin medali joriy yilgi laureatlarga tantanali ravishda topshirildi.
2022-yil uchun Fransiyadan Mari-Od Myuray (Marie-Aude Murail) “Muallif” nominatsiyasi va Koreya Respublikasidan Syuzi Li (Suzy Lee) “Illyustrator” nominatsiyasi boʻyicha mukofot gʻoliblari deb topildi.
Shuningdek, kongress doirasida IBBY 2022 faxriy roʻyxatidan oʻrin olgan 53 ta mamlakat yozuvchi va illyustratorlarining 47 ta tildagi 163 ta asari, “Maktub” yoʻnalishidagi 63 ta kitob, “Illyustratsiya” turkumidagi 52 ta risola,“Tarjima” nominatsiyasidagi 48 ta asar taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.
2022-yil uchun faxriy roʻyxat katalogi bilan quyidagi saytda tanishishingiz mumkin.
Oʻzbekiston milliy shoʻbasining IBBYda ishtiroki muhim ahamiyatga ega boʻlib, jahon bolalar yozuvchilari, illyustratorlari bilan yangi hamkorlik qirralarini ochish, shuningdek, muallif-nashriyot-kutubxona-oʻquvchining oʻzaro birgalikdagi mexanizmini amalga oshirish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring