IBA Osiyo mamlakatlari boʻyicha muhim bayonoti eʼlon qilindi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) oʻz rasmiy saytida Osiyo boks konfederatsiyasi mamlakatlariga minnatdorchilik bildirdi. Tashkilot bu haqda oʻz rasmiy saytida maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, xalqaro boks assotsiatsiyasi Osiyo boks konfederatsiyasi delegatlarining IBAʻda qolish boʻyicha qarorini qoʻllab-quvvatlaydi. “Bu qaror IBAʻning butun dunyo boʻylab boks rivoji yoʻlida qilgan mehnatini, IBA boks oilasi birdamligi uchun qilgan ishlarini koʻrsatib berdi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek tashkilot Milliy Olimpiya qoʻmitalar oʻz federatsiyalariga tarkibimizdan chiqish borasida bosim boʻlishi mumkinligini toʻgʻri tushunadi. Ular shunchaki oʻz sportchilarini IBA taqdim etadigan imkoniyatlardan mahrum qilishmoqda.
“IBA Milliy federatsiyalarni qaror qabul qilishda ehtiyotkorlikka chorlaydi, chunki agar federatsiya ketishga qaror qilsa, qaytish imkoni boʻlmaydi”, deyiladi tashkilot rasmiy saytidagi bayonotda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring