O‘zbekistonda Hyundai, Kia, Toyota kompaniyalari uchun charm ishlab chiqariladi
Illyustrativ foto
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi delegasiyasining Janubiy Koreyaga amalga oshirgan tashrifi davomida mazkur mamlakatning avtomobilsozlik korxonalari uchun charm mahsulotlarini yetkazib beruvchi JM kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi.
JM kompaniyasi Janubiy Koreyadagi eng yirik charm ishlab chiqaruvchi korxona sanaladi. Bu yerda tayyorlanayotgan charm mahsulotlar asosan Hyundai, Kia, Toyota kompaniyalari avtomobillariga yetkazib beriladi. Kompaniyaning yillik daromadi 250 million dollarni tashkil etadi. 1 milliard dollar evaziga barpo etilgan ishlab chiqarish korxonasi to‘liq Italiya va Germaniya texnologiyalari bilan jihozlangan.
Muloqotda kompaniya O‘zbekistondan charmning ikkilamchi va tayyor holdagi ko‘rinishini xarid qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi delegasiyasi ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulotlar sifati bilan yaqindan tanishgan. Shu yerning o‘zida JM kompaniyasi vakillariga O‘zbekistonning 16 ta hududida tashkil etilgan KSZlari va ularda charmsanoat sohasiga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha biznes takliflar taqdim etilgan.
Kompaniya Toshkent viloyatida qo‘shma korxona ochish va u yerda ishlab chiqariladigan charmni Janubiy Koreya bozoriga va avtomobilsizlik sohasidagi yirik kompaniyalarga yetkazib berish bo‘yicha o‘z tashabbuslarini bildirgan.
Kompaniya delegasiyasi aprel oyida Toshkentga tashrif buyurib charm ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar bilan muzokarlar o‘tkazishga va amalga oshiriladigan loyihalarni muhokama qilib olishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring