“Huquqiy mahalla” loyihasi amalda Sirdaryo viloyatida
“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida fuqarolarning 44741 ta huquqiy muammosi hal etildi. Qonunbuzilish holatlari bo'yicha 812 ta tashkilotga ta'sir chorasi, 265 ta holatda esa tegishli sudga da'vo arizasi kiritildi.
— “Huquqiy mahalla” loyihasi uchun tuman va shaharlardan har oyda bittadan mahalla tanlab olinib, fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolar tahlil qilinmoqda, — deydi viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish sho''basi boshlig'i Bobur Norbaev.
— Ushbu huquqiy xizmat tufayli fuqarolar huquqiy muammolariga o'z uylari, o'z mahallaridan chiqmay yechim topmoqda. Ya'ni tuman-shahar adliya bo'limlari tomonidan ayni loyiha asosida xonadonlarda o'tkazilgan xatlovlar jarayonida fuqarolarga bevosita o'zlari yashayotgan mahallada huquqiy ko'mak va maslahatlar berilayotir.
E'tirof etish lozimki, Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda tuman-shahar adliya bo'limlari fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko'rsatish, huquqiy muammolarini mahallaning o'zida hal qilish hamda aholiga, avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko'rsatish borasida izchil va samarali faoliyat olib bormoqda. Ayniqsa, mahallalarda yagona savolnoma asosida uyma-uy yurgan holda fuqarolarning huquqiy muammolarini o'rganish, shuningdek, “mahalla yettiligi”ning tegishli elektron platformasi orqali muammolarni aniqlash va hal etish bo'yicha joriy etilgan tizim yuqori natija bermoqda.
Ahmadali SHERNAZAROV
«Xalq so'zi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring