Hukumat apparati tarkibiy boʻlinmalarining bir qator rahbarlariga intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra, quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinadi:
- qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi oʻrinlarda – qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) bajarilishining taʼsirchan tizimini yaratishda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi, ijro intizomini susaytirib yuborganligi va kadrlarga nisbatan talabchanlik qilmaganligi uchun sogʻliqni saqlash, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirlari, ayrim davlat qoʻmitalari va agentliklari rahbarlari, shuningdek, 25 ta tuman va shaharlar hokimlari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan;
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining qarori bilan davlat boshqaruvi organlari va Hukumat apparati tarkibiy boʻlinmalarining bir qator rahbarlariga intizomiy jazo choralari qoʻllanilganligi, shu jumladan, “hayfsan” eʼlon qilinganligi, ularning ayrimlari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring