Hududlarda kuzgi shudgorlash ishlarida kamchiliklar aniqlandi

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Xalqimizda “Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda” degan naql bor. Darhaqiqat, kuzda haydalgan yerning ozuqaviy quvvati yuqori boʻlib, bu kelgusi yil uchun hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida ham 120 ming gektar maydonda kuzgi shudgorlash ishlari amalga oshirilmoqda. Tadbirga 431 dona yuqori unumli haydov traktorlari jalb etilib, ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Shunga qaramay, ushbu muhim tadbirga masʼuliyatsiz yondashayotgan xoʻjaliklar ham yoʻq emas.
— Mutaxassislarimiz tomonidan kuzgi shudgorlash ishlarining sifatli bajarilishi boʻyicha tizimli monitoring ishlari amalga oshirilmoqda, — deydi “Oʻzagroinspeksiya”ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi Sultonmurod Donayev. — Xususan, shu kunga qadar 29 ming 51 gektar maydonda monitoringlar oʻtkazildi. Natijada bir qator kamchiliklar ham aniqlandi. Masalan, dala maydonlarini sifatsiz, yaʼni, sayoz, fosforli mineral oʻgʻitlarsiz, chimqirqarsiz shudgor qilgani uchun klaster va fermer xoʻjaliklariga 998 ta ogohlantirishlar berildi. Monitoring ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring