“Hududiy elektr tarmoqlari” “HET BILLING” dasturiy kompleksini toʻliq ishga tushirdi
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi toʻliq ishga tushirilganligini maʼlum qildi. Bu haqda AJning matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, endi isteʼmolchilar elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud maʼlumotlarni kuzatib borishlari mumkin boʻladi.
Bundan tashqari. yangilangan tizim orqali isteʼmolchilar bevosita oʻzi isteʼmol qilgan elektr energiyasi hisobi, xususan, toʻlov maʼlumotlari, kunlik elektr energiya isteʼmoli va boshqa har qanday maʼlumotni onlayn tarzda kuzatib borishi imkoni yaratilgan.
“Mazkur tizimni joriy etish bir qancha texnik jarayonlarni oʻz ichiga olganligi sababli, tizimni bosqichma-bosqich ishga tushirish ishlari olib borildi va kutilganidan ortiq vaqt talab etganligini maʼlum qilamiz hamda yetkazilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida” qarorni imzolagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring