Hokim, prokuror, ichki ishlar va soliq boshligʻi... Samarqandda jami 150 nafar rahbar taʼtilda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq mahalliy hokimlik hamda sektor rahbarlari tibbiy koʻrikdan oʻtish va davolanish uchun 7-fevralgacha boʻlgan muddatda 2 bosqichda qisqa muddatli taʼtilga chiqmoqda.
Samarqand viloyat hokimligining maʼlum qilishicha, mazkur jadvalga koʻra, bugungi kunda birinchi bosqichda samarqandlik rahbarlardan 150 nafari tibbiy koʻrikdan oʻtib, davolanmoqda. Jumladan viloyat hokimi (E.Turdimov), viloyat prokurori (R.Masharipov), viloyat ichki ishlar boshqarmasi (Sh.Rahmonov) va viloyat davlat soliq boshqarmasi (A.Inagʻomov) boshliqlari Toshkent shahrida, 3 nafar viloyat hokimining maslahatchilari (yordamchi), 48 nafar sektor rahbarlari (tuman/shahar prokurorlari, IIB va DSI boshliqlari), 96 nafar tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari viloyat tibbiyot markazlarida tibbiy koʻrikdan oʻtib, zaruriy muolajalarni olmoqda. Muolajalar joriy yilning 27-yanvariga qadar davom etishi belgilangan.
Ikkinchi bosqichda (28-yanvardan 7-fevralgacha) Samarqanddan yana 24 nafar (8 nafar viloyat hokimining oʻrinbosari, 16 nafar tuman va shahar hokimlari) rahbarlar Toshkent shahrida tibbiy koʻrikdan oʻtib, davolanishi koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring