Hokim oʻrinbosari poraga 1 million AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Bizga nimalar maʼlum?
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Chirchiq shahar hokimining oʻrinbosari 1 million AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Departamentning matbuoti xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimining oʻrinbosari xizmat mavqeyidan foydalangan holda noqonuniy holatga qoʻl urmoqchi boʻldi.
Qayd etilishicha, hokim oʻrinbosari klaster shaklidagi savdo majmuasi tashkil etish uchun 40 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan, shahar hokimligi zaxirasidagi 20 gektar yer maydonini auksion savdoga chiqartirib, yutib berishga vaʼda bergan.

Bunda qonunbuzar 49-yil muddatga yerga egalik qilish huquqini rasmiylashtirishda koʻmaklashish evaziga 2 million AQSH dollari talab qilib, oldindan 1 million AQSH dollarini oʻzining haydovchisi orqali olgan vaqtida ushlangan.
“Hozirda xizmat mavqeyidan foydalanib, juda koʻp miqdorda pora olgan hokim oʻrinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 3-qismi «a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi», deyiladi xabarda.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring