Hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi
Nukus shahridagi “Oq qush” majmuasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpogʻiston kengashining VIII hisobot-saylov konferensiyasi oʻtkazildi.


Konferensiyada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanboy Orinbayev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov hamda bir qator vazirlik, idoralar vakillari, konferensiyaning 121 nafar delegati ishtirok etdi.


Anjumanda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov soʻzga chiqib, Prezidentimizning Qoraqalpogʻiston ahliga koʻrsatayotgan alohida eʼtibori va gʻamxoʻrligi bugun har bir qoraqalpogʻistonlik hayotida oʻz ifodasini topayotganini taʼkidladi.

Konferensiyada Qoraqalpogʻiston kengashining 2020-2025-yillarga oid hisoboti va taftish komissiyasining faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tinglanib, amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deya eʼtirof etildi. Tadbir davomida delegatlar yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston kengashining raisi va uning oʻrinbosarini sayladi.

Saylov natijalariga koʻra, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpogʻiston kengashining raisi lavozimiga Ulugʻbek Jalmenov va uning oʻrinbosari lavozimiga Muratboy Daniyarov qayta saylandi. Shuningdek, ijroiya qoʻmitasi, taftish komissiyasining aʼzolari va raisi ham saylab olindi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyiga delegatlar saylandi va Bosh kengash tarkibiga vakillar tasdiqlandi.
Gʻayrat OTAJONOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring