Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibi belgilandi
“Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining «Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibi toʻgʻrisida»gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, mazkur nizomga koʻra, “Davlat auditi” dasturidan foydalanishning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi, jumladan:
- nazorat (audit) tadbirlarini roʻyxatga olish;
- davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlarining yillik ish rejalariga kiritiladigan nazorat (audit) tadbirlarini majburiy tartibda Hisob palatasi bilan kelishish.
“Davlat auditi” dasturida quyidagilar foydalanuvchi subyektlar sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi va ularga quyidagi kirish huquqlari beriladi:
- davlat moliyaviy nazorat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlarining rahbari va oʻrinbosari uchun – “tasdiqlovchi” huquqi;
- davlat moliyaviy nazorat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbari oʻrinbosari, tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari uchun – “maʼqullovchi” huquqi;
- davlat moliyaviy nazorat organlari hamda ichki audit xizmati xodimlari (2 nafargacha) uchun – “operator” huquqi;
- davlat moliyaviy nazorat organlari hamda ichki audit xizmatining “operator” huquqi berilmagan xodimlari uchun – “foydalanuvchi” huquqi.
Shuningdek, davlat moliyaviy nazorat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “Davlat auditi” dasturida roʻyxatdan oʻtkazish uchun Hisob palatasiga soʻrovnoma taqdim etiladi.
Bundan tashqari, “Davlat auditi” dasturida roʻyxatga olinmagan nazorat (audit) tadbirlari noqonuniy hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring