Hindistonda yetti kunlik motam eʼlon qilindi

17:24 27 Dekabr 2024 Dunyo
299 0

Hindiston hukumati sobiq bosh vazir Manmohan Singh vafoti munosabati bilan yetti kunlik motam eʼlon qildi. Bu haqda “New Indian Express” nashri xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Manmohan Singh kecha, 26-dekabr kuni oʻz uyidan hushsiz holda tez yordam boʻlimiga olib kelingan. U koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay tez yordam boʻlimida vafot etgan.

“Marhum oliyjanobga hurmat belgisi sifatida 26-dekabrdan 1-yanvargacha boʻlgan davrda butun Hindiston boʻylab yetti kunlik motam eʼlon qilinadi. Ushbu davr mobaynida butun Hindiston boʻylab davlat bayrogʻi yarimiga tushiriladi va rasmiy koʻngilochar tadbirlar bekor qilinadi. Hindistonning xorijdagi barcha elchixonalarida dafn marosimi kuni davlat bayrogʻi ham yarim balandlikka tushiriladi”, deyiladi xabarda.

Mashhur iqtisodchi va davlat arbobi Manmohan Singh 2004-yildan 2014-yilgacha Hindiston Bosh vaziri lavozimida ishlagan va mamlakatning iqtisodiy islohotlarini shakllantirishda asosiy rol oʻynagan.

Taʼkidlanishicha, sobiq vazirning dafn marosimi 28-dekabr kuni davlat darajasida oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?