Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokidagi “Do‘stlik — 2025” o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
Bugun Hindistonning Puna shahridagi "Aundh" xalqaro mashg‘ulotlar bazasida “Do‘stlik – 2025” Hindiston – O‘zbekiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari boshlandi.
Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, 2019-yildan beri muntazam tarzda tashkil etib kelinayotgan mazkur o‘quv mashqlari ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadlariga qaratilgan bo‘lib, ushbu mashg‘ulotlar har yili O‘zbekiston va Hindistonda navbatma-navbat o‘tkazilmoqda.
Xususan, 2024-yilda O‘zbekiston va Hindiston harbiy mutaxassislari "Do‘stlik – 2024" mashg‘ulotlari doirasida "Termiz" dala-o‘quv poligonida tajriba almashgan edi.
O‘quv mashg‘ulotlarining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston va Hindiston harbiy delegatsiyasi vakillari ishtirok etib, hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari ikki davlat o‘rtasidagi harbiy aloqalarni mustahkamlashga hamda harbiy xizmatchilarning bilim, ko‘nikma va tajribalarini oshirishga xizmat qilayotganini e’tirof etishdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu hamkorlikdagi qo‘shma mashg‘ulotlar 28-aprelga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring