Hindiston va Nepalda kuchli yogʻingarchilik hamda chaqmoq urishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi

17:14 11 Aprel 2025 Dunyo
372 0

Hindiston va Nepalning baʼzi hududlarida mavsumiy kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi. Bu haqida “NBC News” nashri xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 9-aprel, chorshanba kuni boshlangan kuchli yogʻingarchilik ayni vaqtda ham davom etmoqda. Rasmiylarning taʼkidlashicha, yogʻingarchilik oqibatida 100 nafardan ortiq inson halok boʻlgan.

Tabiiy ofatlarni boshqarish departamenti Hindistonning “Bihar” hududida soʻnggi ikki kun ichidagi yogʻingarchilik oqibatida halok boʻlganlar soni 82 nafarga yetganini maʼlum qildi. Mamlakatning aholi eng zich joylashgan «Uttar-Pradesh” shtatida esa chaqmoq va boʻron bilan bogʻliq hodisalar tufayli 18 kishi qurbon boʻlgan.

Shuningdek, kuchli yogʻingarchilik Hindistonga qoʻshni mamlakat Nepal hududlarida ham kuzatilmoqda.

Tabiiy ofatlar boshqarmasi xabariga koʻra, mamlakat boʻylab yashin urishi va kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida kamida 8 nafar inson halok boʻlgan.

Mutaxassislarning fikricha, kuchli yogʻingarchilik mintaqada odatdagidan ancha erta boshlangan. Hisob-kitoblar yogʻingarchilik kelasi haftaning dushanba kuniga qadar davom etishini koʻrsatmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер