Hindiston Kashmirdagi teraktdan soʻng Pokiston bilan asosiy chegara punktini yopdi, diplomatlarini esa chiqarib yubordi

Hindiston tomonidan boshqariladigan Kashmirda 26 nafar sayyohning oʻlimiga sabab boʻlgan hujumdan soʻng Hindiston Pokiston bilan asosiy chegara punktini yopib qoʻydi. Bu haqida “BBC News” nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Hindiston Pokiston bilan asosiy chegara punktini yopish bilan birgalikda, koʻplab Pokiston diplomatlarini ham mamlakatdan chiqarib yuborgan hamda "Hind daryosi suvini taqsimlash" borasidagi tuzilgan shartnomaning amal qilishini ham toʻxtatib qoʻygan.
Pokiston rasmiylari Kashmirda sodir boʻlgan terakt hujumiga aloqadorligini rad etgan. Shuningdek, Hindiston tomonidan koʻrilgan taqiq choralariga javob berishni muhokama qilish uchun milliy xavfsizlik yigʻilishi oʻtkazish kerakligini taʼkidlagan.
Mazkur shafqatsiz hujumni kim amalga oshirgani haqida hozircha rasmiy maʼlumot mavjud emas. Ammo baʼzi matbuot xabarlariga koʻra, Pokiston hududidagi “Lashkar-e-Tayba” tashkilotiga aloqador guruh javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan boʻlishi mumkin.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ushbu terakt masalasida xavfsizlik rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazish uchun xorijiy safarini bekor qilgan.
Maʼlumot uchun, Hindiston ham, Pokiston ham daʼvo qiladigan Kashmir hududi oʻnlab yillar davomida Hindiston boshqaruvi ostida boʻlgan. Shu yillar mobaynida mahalliy aholi vakillari Hindiston boshqaruviga qarshi koʻplab norozilik namoyishlari oʻtkazib kelgan, biroq shu vaqtga qadar sayyohlarning hujumga uchrashi kuzatilmagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring