Sindarov Javoxir Sanjarbekovichga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvonini berish to‘g‘risida
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda shaxmat sport turini yanada rivojlantirishga, xalqimiz o‘rtasida ushbu sport turini ommalashtirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi, el-yurtimiz oldidagi farzandlik burchiga sodiq qolib, azmu shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani, jahon miqyosida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijaga erishgani, Yangi O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini dunyoga tarannum qilish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun:
1. Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sindarov Javoxir Sanjarbekovichga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni berilsin.
2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh. Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring