“Hazortut”da yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi

11:20 27 Noyabr 2024 Jamiyat
135 0

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Romitan tumani “Hazortut” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 23-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilarining samarali ishlashlari, oʻquvchilarning esa zamonaviy fan sirlarini chuqur egallashlari uchun shart-sharoit yanada yaxshilandi. Bilim dargohining 300 oʻringa moʻljallangan yangi oʻquv binosi qurilib foydalanishga topshirildi.

Oʻtgan asrning 90-yillarida faoliyat boshlagan ushbu maktabda bunday inshootga anchadan buyon ehtiyoj bor edi. Negaki, mahallada oʻgʻil-qizlar hisobiga aholi soni oshmoqda. Ularning taʼlim-tarbiya olishlari uchun esa zamon talablariga javob beradigan oʻquv binolari kerak.Uch milliard 95 million soʻm miqdoridagi mablagʻ evaziga barpo etilgan uch qavatli bino shu ehtiyojni qondiradi.

Taʼkidlash kerakki, joriy yilda investitsiya dasturi asosida viloyatdagi 38 ta umumtaʼlim maktabi va bitta ixtisoslashtirilgan maktab- internatida qurilish – taʼmirlash ishlari olib borildi. Romitanga kelsak, ayni paytda tumanda jami 44 ta umumtaʼlim maktabi faoliyat yuritayapti. Ularda salkam 24 ming nafar oʻgʻil-qiz taʼlim olmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?