Har qanday tanazzul asosida maʼnaviyatsizlik va axloqsizlik yotadi — Narzulla Joʻrayev

19:53 22 Iyun 2023 Madaniyat
1530 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston boʻylab “Yoshlar oyligi” doirasida maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan mazkur oylik munosabati bilan bir guruh “Maʼrifat” targʻibotchilari Andijon viloyatiga tashrif buyurishdi. 

Har galgidek targʻibotchilarning ilk tadbiri “Kitob karvoni” loyihasi boʻldi. Undan 3 mingdan ortiq kitoblar joy olgan boʻlib, viloyatdagi oliy taʼlim muassasalariga yetkaziladi. 

Tadbirda “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyati aʼzosi, professor Narzulla Joʻrayev maʼnaviyatsizlik sabab yuzaga keladigan fojialarga toʻxtalib oʻtdi. 

“Hayot haqiqati shuni koʻrsatadiki, har qanday taraqqiyot asosida maʼnaviyat yotadi.

Har qanday tanazzul asosida esa maʼnaviyatsizlik va axloqsizlik yotadi.

Andijon juda katta tarixga ega. U Oʻzbekistonning ulkan maʼnaviyatga ega muhim qismi hisoblanadi. Bugun biz ana shu maʼnaviyatni yoshlarning nigohlarida koʻrib turibmiz. Zero, yoshlar, sizlar buyuk kelajakda yashashga haqlisiz va uni birgalikda quramiz”, dedi professor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?