Har qanday shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin
Shaxslarning tasvirga boʻlgan huquqlari himoyasini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Mazkur hujjat tasdiqlansa, umumiy qoida tariqasida har qanday kishini foto yoki video tasvirga olish yoki ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinishi mumkin.
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada qayd etilishicha, qonun insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash hamda milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda, aholi fikrini oʻrganish uchun muhokama portaliga joylashtirilgan.
Loyihaga koʻra, endilikda umumiy qoida tariqasida, endilikda har qanday kishini rasm yoki videoga olish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.
Shu bilan birga, loyihada quyidagilar belgilanmoqda:
- 16 yoshdan boshlab oʻsmirlar ularni tasvirga olish, tasvirdan foydalanish uchun mustaqil rozilik bera oladi;
- jamoat joylarida va ommaviy tadbirlarda tasvirga olish uchun ruxsat talab qilinmaydi;
- davlat xizmatchilarini xizmat vazifasida cheklovsiz tasvirga olish va tasvirdan foydalanish mumkin;
- noqonuniy harakatlarni tasvirga olish uchun rozilik shart emas;
- videokuzatuv tizimlari haqida ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatilishi shart;
- kishilarning qisman yoki toʻliq kiyimsiz boʻlishni taqozo etadigan joylarda (tibbiyot xonasi, hammom, kiyim almashtirish xonalari va boshqa) videokuzatuvni amalga oshirish taqiqlanadi.
- Agar tasvirdan rozilik berilgan maqsaddan boshqa maqsadda yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan tarzda foydalanilsa, rozilik chaqirib olinishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring