Hamyurtlarimiz yilning eng kuchlilari safida
Xalqaro konkichilar ittifoqi (ISU) joriy mavsum yakuni bo‘yicha kuchlilarni e’lon qildi.
Ahamiyatlisi, figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Dmitriy Chigirev hamda Yekaterina Geynish juftligi “Eng yaxshi debyutant” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, hamyurtlarimiz joriy mavsum ilk bor kattalar o‘rtasidagi xalqaro turnirlarda ishtirok etdi. Shunday bo‘lsa-da, ular “Xarbin — 2025” qishki Osiyo o‘yinlarida oltin, Kanada Gran-prisida kumush medallarga sazovor bo‘lishdi.
Qolaversa, Boston shahrida o‘tgan jahon chempionatida kuchli o‘nlikdan joy olib, “Milan-Kortina — 2026” qishki Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring