HAMAS Gʻazoda otashkesim taklifini qabul qildi
Foto: Omar Al-Qattaa/AFP/Getty Images
Falastinning HAMAS harakati Gʻazo sektorida otashkesim toʻgʻrisidagi taklifni maʼqulladi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, HAMAS va boshqa harakatlar Misr va Qatar vositachilariga taklifni qabul qilganini maʼlum qilgan.
Taklifga koʻra, 60 kunlik otashkesim davomida HAMAS Gʻazoda ushlab turgan isroillik garovdagi shaxslarning yarmini ozod qiladi. Evaziga maʼlum miqdorda falastinlik mahkumlar qoʻyib yuboriladi.
Shuningdek, taklifda Isroil armiyasining anklavning chuqur hududlaridan chiqishi va bu orqali insonparvarlik yordamini Gʻazoga toʻsiqsiz kiritish imkoni yaratilishi nazarda tutilgan.
Otashkesim rejimi kuchga kirishi bilanoq Isroil va HAMAS oʻrtasida doimiy tinchlik va keng qamrovli kelishuv boʻyicha muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring