HAMAS AQSH va shaxsan prezident Jo Baydenni Gʻazo sektoridagi ommaviy qotilliklarda aybladi
Foto: Reuters
Gʻazo sektoridagi ommaviy qotilliklar uchun AQSH va shaxsan prezident Jo Bayden aybdor, dedi HAMAS yetakchilaridan biri Usama Hamdan.
Shu oʻrinda Hamdan Falastin xalqiga qarshi tajovuzni toʻxtatish uchun Vashingtonga bosim oʻtkazishga chaqirdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Isroil jami 105 ta tibbiyot muassasasiga hujum qilgan va beshta kasalxonani ishdan chiqargan. Shu sababli mahalliy klinikalar koʻp sonli yaradorlarga dosh bera olmayapti.
Bundan tashqari, harakat vakili Isroilni Gʻazo sektoridan xorijliklarni evakuatsiya qilish boʻyicha kelishuvni buzganlikda aybladi. U “Rafah” oʻtish joyini ochishga chaqirdi. Shuningdek, Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi va Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotidan oʻz xodimlarini yarador falastinliklarni olib ketayotgan tez yordam brigadalariga hamroh boʻlishini soʻradi.
Bungacha Hamdan arab va musulmon davlatlarining Gʻazo sektoridagi vaziyat boʻyicha rasmiy pozitsiyalarini zaif, degandi.
“Arab va musulmon davlatlarining rasmiy pozitsiyalari zaif, ular Gʻazoda ishgʻol (Isroil — tahr.) keltirib chiqarayotgan qirgʻinlar koʻlamiga yetib bormayapti”, dedi arab telekanallari orqali chiqish qilgan Hamdan.
Gʻazo sektoridagi qarama-qarshilik shu yilning 7-oktyabr kuni boshlandi. Shu kuni ertalab HAMAS Isroilga qarshi “Al-Aqsa toʻfoni” deb nomlangan harbiy operatsiya boshladi va havodan zarbalar berdi. Minglab jangarilar yahudiylar davlati hududiga bostirib kirib, oʻnlab harbiy texnika va yuzdan ortiq insonni garovga oldi.
Shundan soʻng Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi. Mamlakat mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadlaridan biri HAMASni yoʻq qilish hisoblanadi.
2023-yil 28-oktyabrda Isroil Gʻazoda quruqlikdagi operatsiyani boshladi. Yaqin Sharqda navbatdagi eskalatsiya boshlanganidan beri Gʻazo sektorida halok boʻlganlarning umumiy soni 9227 nafarga yetdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring