“Hali hech bir qitʼada oʻtgan seminarda Toshkentdagidek koʻp hakam ishtirok etmagan” — xorijlik ekspert

18:15 14 Dekabr 2022 Sport
610 0

Karate boʻyicha Osiyo chempionatidan avval hakamlar uchun tashkil etilgan xalqaro seminar oʻz ishini yakunladi. Bugun 400 nafardan ziyod mutaxassis ishtirokida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Kata yoʻnalishida kechgan darsda xalqaro federatsiyaning 4 nafar eksperti mutaxassislarga texnik harakatlarni baholashdagi oʻziga xosliklar xususida batafsil maʼlumot berishdi. 

Butunjahon karate WKF federatsiyasi hakamlar qoʻmitasi rahbari Xaver Eskalantening maʼlum qilishicha, hali hech bir qitʼada oʻtgan seminarda Toshkentdagidek koʻp hakam ishtirok etmagan. 

Soʻnggi imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan mutaxassislar ertaga xalqaro darajadagi sertifikatga ega boʻlishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер