Hafta davomida ob-havo quruq boʻlishi kutilmoqda
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Yangi yilning birinchi haftasida Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, deb xabar berdi “Oʻzgidromet” agentligi.
Prognozlarga koʻra, havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq atrofida, shimolda 6-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8-yanvarda 6-9 daraja iliq, 9-yanvarda 9-12 daraja iliq boʻladi. Shamol sharqdan birozdan oʻrtacha tezlikkacha esadi, baʼzi joylarga tuman tushadi.
Toshkent shahrida yogʻingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 0-2 daraja sovuq, kunduz kunlari 5-8-yanvarda 7-9 daraja iliq, 9-yanvarda 10-12 daraja iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring