Hafta davomida kunlar yana isib, harorat 20 darajagacha koʻtariladi
Foto: Muhsin Umurzoqov/“Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” ish haftasi davomida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Bugun va yaqin kunlarda Oʻzbekiston hududida asta-sekin havo harorati koʻtarilishi davom etadi.
Harorat 10-11-noyabrda kechasi va ertalab 0-3o iliq, kunduzi 13-16o iliq boʻladi.
Hafta oʻrtasidan boshlab havo harorati kechki va tonggi vaqtlarda 4-7o iliq atrofida boʻladi, kunduzi esa 17-20o darajagacha koʻtariladi.
Respublika hududining aksariyat qismida quruq havo saqlanib turadi. Faqat 10-11-noyabrda Toshkent viloyatining togʻli hududlarining baʼzi joylarida yogʻingarchilik (qor, yomgʻir) yogʻishi mumkin.
Toshkentda yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 10-11-noyabrda kechasi 2-4o iliq, kunduzi 13-16o iliq, 12-14-noyabrda kechasi 4-7o iliq, kunduzi 17-20o iliq boʻladi. Shamol sharqdan 3-8 m/c tezlikda esadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring