Hafta boshida ob-havo qanday boʻlishi aytildi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
“Oʻzgidromet” 29-dekabr — 1-yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 29-dekabrda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, 30-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 31-dekabrda-1-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 29-30-dekabrda 5-10 daraja iliq; 31-dekabr va 1-yanvarda 3-8 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 29-31-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 1-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-dekabrda 3-8 daraja iliq, 30-dekabrda 5-10 daraja iliq, 31-dekabr-1-yanvarda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq gacha pasayadi; kunduzi 29-dekabrda 13-18 daraja iliq; 30-31-dekabrda 5-10 daraja iliq gacha pasayadi, 1-yanvarda 7-12 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 29-30-dekabrda 5-10 daraja iliq; 31-dekabr va 1-yanvarda 3-8 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 29-dekabrda va 1-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 30-31-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq; 30-dekabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 31-dekabrda kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq, 1-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 29-dekabrda va 1-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, 30-31-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30-dekabrda 6-11 daraja iliq, 31-dekabrda-1-yanvarda 0-5 daraja iliq gacha pasayadi; kunduzi 29-dekabrda 14-19 daraja iliq, 30-dekabr va 1-yanvarda 7-12 daraja iliq gacha pasayadi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 29-dekabrda va 1-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, 30-dekabrda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. 31-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 29-dekabrda va 1-yanvarda 0-5 daraja iliq, 30-31-dekabrda 2-7 daraja iliq, kunduzi 29-dekabrda 10-15 daraja iliq, 30-dekabr va 1-yanvarda 3-8 daraja iliq gacha pasayadi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq; 30-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 31-dekabrda kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, 1-yanvarda va kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring