Gvardiola “yashil chiroq”ni yoqdi: Husanov transferi hal boʻlish arafasida
Taniqli insayder Fabritsio Romanoga koʻra, “shaharliklar” murabbiyi Xosep Gvardiola Abduqodir Husanov atrofidagi jarayonlarni yakunlash va amalga oshirishga rozilik bergan. “Lans” hamda “Menchester Siti” markaziy himoyachining transfer muzokaralari yakuniy bosqichda ekanligini bildirgan.
“Sky sports” nashri jurnalistlariga koʻra, Gvardiola jamoasi 20 yoshli Husanov uchun bonuslar bilan birga 50 mln yevro toʻlashga tayyor.
Tomonlar eng kamida 5-yillik shartnoma imzolashlari kutilmoqda. Oʻzaro kelishuv asosida ushbu muddatni keyinchalik yana bir yilga uzaytirishi mumkin boʻladi, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Abduqodir Husanov joriy mavsum 13 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali ekspertlari 20 yoshli markaziy himoyachining narxini 12 million yevroga baholamoqda.
Futbolchining “Lans” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar tuzilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring