Gulistondagi fojia qurbonlarining oilasiga 100 mln soʻmdan moddiy yordam beriladi

18:08 04 Dekabr 2025 Siyosat
120 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ikki kun oldin Guliston shahri Taraqqiyot mahallasidagi buyum bozori hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz ballon portlab, 29 nafar odam jarohat oldi.

Afsuski, bu baxtsiz hodisaning qurbonlari bor. Prezidentimiz ularning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildirdi. Uch kun muddatda qurbon boʻlganlarning oilasiga 100 million soʻmdan moddiy yordam ajratish topshirildi.

Topshiriqqa koʻra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi direktori boshchiligida 10 nafar malakali shifokorlar brigadasi jabr koʻrganlarga bepul sifatli tibbiy va psixologik yordam koʻrsatmoqda.

Masʼul idoralarga ushbu baxtsiz hodisa sabablarini tez fursatlarda aniqlab, qonun ustuvorligini taʼminlash topshirildi.

Umuman, ushbu fojia favqulodda vaziyatlar tizimi uchun katta saboq boʻlishi kerakligi qayd etildi. Qish oylarida bunday hodisalarning oldini olish boʻyicha barcha masʼullar 24 soatlik ish rejimiga oʻtishi zarurligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?