Gruziyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

David Kotaria Gruziyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida xabar berdi.
Unga koʻra, David Kotaria kecha, 19-fevral kuni Oʻzbekiston TIV rahbariga ishonch yorligʻi nusxalarini topshirgan.
“Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish yoʻllarini muhokama qilib, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab oldik”, deb yozadi Baxtiyor Saidov.
Shuningdek, vazir Tashqi ishlar vazirligi elchini Oʻzbekistonda samarali diplomatik missiyasini amalga oshirishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini taʼkidlagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ispaniya, Kanada va Estoniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchilari tayinlangani, Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov diplomatlardan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring