Grenlandiyada chuchuk suv ombori hosil boʻlmoqda
Niderlandiya va Xitoydan kelgan xalqaro olimlar guruhi Grenlandiyadagi muz qatlamida yangi tadqiqot oʻtkazdi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, u katta chuchuk suv omboriga aylangan.
Issiq yoz oylarida muz qatlamida erigan suv toʻplanadi. Olimlar yangi texnologiyalar yordamida uning miqdorini hisoblab chiqdilar.
Tadqiqotda bir necha oʻnlab stansiyalardan iborat Grenlandiya GPS tarmogʻi ishtirok etdi. Qayd etilishicha, suvning toʻplanishi iyul oyida eng yuqori choʻqqisiga chiqadi va keyin asta-sekin kamayadi.
Yangi tadqiqot natijalari dunyo okeanining oʻsishiga ehtimoliy taʼsir haqidagi bashoratlarni aniqlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega. Taʼkidlanishicha, Arktikada havo isimoqda. Shuning uchun qirgʻoq boʻyida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan suv toshqinlariga tayyorlanish uchun prognozlar zarur.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring