Gʻozgʻonda marmar klasteri tashkil etildi

11:46 06 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
2394 0

Mamlakatimizda tabiiy pardozbop toshlarga boʻlgan talab yil sayin ortib bormoqda. Shu bois «Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tomonidan ushbu yoʻnalishda investitsiya loyihalari amalga oshirish orqali yangi quvvatlarni ishga tushirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Hozirgi kunda respublikada 250 dan ortiq tabiiy pardozbop toshlarni (marmar, granit va boshqalar) qayta ishlash korxonalari mavjud.

«Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 2020-yil 1-yanvar holatiga respublika hududida zaxirasi tasdiqlangan 110 ta umumiy zaxirasi 118,7 mln.kub metr tabiiy pardozbop tosh konlari mavjud boʻlib, bugungi kunda 67 ta konda umumiy zaxiralarning 49,6 foizidan foydalanib kelinmoqda.

2020-yil 1-avgust holatiga Geologiya qoʻmitasi tomonidan tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish va istiqbolli maydonlarni geologik jihatdan oʻrganish uchun 227 ta litsenziyalar berilgan. (qazib olish uchun-123, geologik jihatdan oʻrganish - 104).

2020-2022-yillarda umumiy quvvati 347,1 ming kub metr tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish va 2,6 mln. kv.m. marmar, granit va boshqa toshlardan xar xil oʻlchamdagi plitalar ishlab chiqarish boʻyicha 23 ta loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ushbu loyihalarni ishga tushirilishi natijasida, 6,6 mln. dollar eksport qilish va 133,4 mlrd. soʻmlik byudjetga qoʻshimcha tushum imkoniyatlarini yaratish xamda 1446 ta yangi ish oʻrni tashkil etiladi.

Xususan, Navoiy viloyatining Gʻozgʻon shaharchasi hududida «Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi, Oʻzmilliybank («NBU Gazgan Invest» MCHJ) va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida umumiy qiymati 52 mln. dollar boʻlgan 14 ta loyiha ishlab chiqilib, ushbu loyihalarni barchasini 2020-yil yakunigacha ishga tushirish va ularda konlardagi ishchilar bilan birga 850 yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan.

Gʻozgʻon shaharchasida tadbirkorlar bilan birgalikda «Marmarobod» MCHJda klaster tashkil etildi. Korxona hududidagi maydoni 11000 kv.m. (100m x 114m) boʻlgan asosiy inshoot va yana 10 ta loyiha binolari qurilishiga «NBU Gazgan Invest» MCHJ tomonidan jami 65 mlrd soʻm investitsiya kiritildi. Hozirda qurilish ishlari yakunlanib, mazkur obyektlar mahalliy tadbirkorlarga uskunalar oʻrnatish uchun berildi. «Marmarobod» MCHJ asosan toshlarni qazib olib, barcha qayta ishlovchilarga zarur xom ashyoni (tabiiy toshlarni) yetkazib beradi.

Ayni paytda korxonada Xitoy davlatidan zamonaviy energotejamkor uskunalar olib kelinib, ushbu uskunalarning montaj ishlari yakunlanib, “test rejimi”da mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Korxonaning yillik quvvati 70 ming kub metr tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish va 1,2 mln metr kvadrat qayta ishlashga moʻljallangan.

Xitoy davlatidan malakali mutaxassislar (2 nafar muhandislar) jalb qilinib, ular hozirda mavjud uskunalardan foydalangan holda tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha mahalliy mutaxassislarga marmar, granit va boshqa toshlarni sifatini saqlagan holda qazish va qayta ishlash usullarini oʻrgatmokda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер