Gonkongdagi yongʻinda halok boʻlganlar soni 94 nafarga yetdi
Gonkongda soʻnggi oʻnlab yillar ichida roʻy bergan eng yirik yongʻinda halok boʻlganlar soni 94 nafarga yetdi. Halok boʻlganlar orasida bir qutqaruvchi ham bor. Bu haqda “Associated Press” nashri xabar berdi.
Yana 76 kishi, jumladan 11 nafar oʻt oʻchiruvchi jarohatlangan. Hozirda 56 kishi shifoxonada davolanmoqda. Avvalroq 280 nafar aholi bedarak yoʻqolganlar roʻyxatiga kiritilgani maʼlum qilingandi.
Yongʻinning tez yoyilishiga bambukdan yasalgan qurilish iskala (lesa)lari va oyna atrofiga oʻralgan yonuvchanligi yuqori izolyatsiya materiallari sabab boʻlgani aytilmoqda. Mazkur kamchiliklarga yoʻl qoʻygani uchun javobgar qurilish kompaniyasi — “Prestige Construction & Engineering”ning ikki rahbari va bir muhandisi ehtiyot chorasi sifatida qoʻlga olingan.
Mahalliy rasmiylar yongʻin tarqalish tezligini “odatdan tashqari” deb baholab, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan materiallar qurbonlar sonini oshirib yuborganini taʼkidlamoqda. Bu holat sabab birinchi marta 17-yil ichida shaharda eng yuqori — beshinchi darajali yongʻin xavf signalini eʼlon qilishga toʻgʻri keldi.
Yongʻin joyiga 140 dan ortiq maxsus texnika va 800 dan ziyod qutqaruv xizmati xodimi jalb etilgan. Yaqin atrofdagi ikki majmua ham evakuatsiya qilingan, 900 ga yaqin aholi vaqtincha joylashtirish markazlariga koʻchirilgan. Xitoy rahbari Si Szinpin Gonkongga hamdardlik bildirib, mahalliy hokimiyatlarni qoʻllab-quvvatlashni topshirdi.
Gonkong maʼmuri Jon Li favqulodda yigʻilish oʻtkazib, halok boʻlganlarning oilalari va jabrlanganlarga hamdardlik izhor qildi. Zarar koʻrgan aholiga yordam maqsadida 300 million Gonkong dollari miqdorida fond tashkil etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring