Gondurasda samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
Foto: FOTODOM
Gonduras gʻarbidagi Roatan orolida samolyot qulashi oqibatida 12 kishi halok boʻldi. Bu haqda Gonduras milliy politsiyasi maʼlum qildi.
“Roatan orolidagi aviahalokatda 12 kishi halok boʻldi, besh kishi tirik qoldi”, — deyiladi xabarda. Manbaga koʻra, hozirda qutqaruvchilar samolyot bortida boʻlgan yana bir odamni qidirmoqda.
Avvalroq, “La Prensa” gazetasi Islas-de-la-Bay departamenti gubernatori Ugo Varelaga tayanib, bortida 15 yoʻlovchi boʻlgan “Lanxa” aviakompaniyasi samolyoti Gonduras gʻarbidagi Roatan orolida joylashgan aeroportdan havoga koʻtarilgandan soʻng darhol dengizga qulaganini xabar bergandi. Samolyot La-Seyba shahriga uchib ketayotgan boʻlgan.
Politsiyaning maʼlum qilishicha, samolyot mexanik nosozlik tufayli halokatga uchragan. U uchish-qoʻnish yoʻlagidan bir kilometr uzoqlikda qulagan.
Aviahalokatda Amerikaning eng mashhur musiqachilaridan biri Aurelio Martines ham halok boʻlgan.
“Gondurasdagi Garifuna musiqasining eng buyuk ijrochilaridan biri Aurelio Martines Suazo bugun kechqurun Roatan orolida yuz bergan aviahalokat qurbonlaridan biri boʻldi”, — deydi Roatan kasalxonasi direktori Rut Kacho.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring