Gʻolib va sovrindorlarga qimmatbaho sovgʻalar topshirildi

17:17 17 Oktyabr 2022 Sport
879 0

Prezidentimizning 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan muntazam sport oʻyinlari tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 17-oktyabr kuni Xorazm viloyatida sportning mini-futbol turi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori kubogining final uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori Marufxon Xodjayev ishtirok etib, barcha sportchilarga musobaqa davomida omad yor boʻlishini tiladi.

Murosasiz va qizgʻin oʻtgan baxslarda 1-oʻrinni “Temiryoʻlchi”, 2-oʻrinni “Lochinlar” va 3-oʻrinni “Avtoyoʻlchi” jamoalari qoʻlgan kiritdi.

Gʻolib va sovrindorlarga qimmatbaho sovgʻalar tantanali ravishda topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?