Global isish yanada halokatli yogʻingarchiliklarga olib keladi

00:44 29 Mart 2025 Dunyo
321 0

Foto: Reuters

Iqlim oʻzgarishi yogʻingarchilik miqdorining ortishiga va suv toshqinlarining tez-tez sodir boʻlishiga olib keladi, biroq bu hodisalarning xarakteri yomgʻirlarning davomiyligiga bogʻliq.

Avstriyalik olimlar mamlakatning turli iqlim hududlarida yuz yildan ortiq ob-havo kuzatuvlarini tahlil qilib, shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot bir necha soat davom etadigan qisqa muddatli yomgʻirlar haroratning koʻtarilishiga, ayniqsa, sezgir boʻlishini koʻrsatdi. Soʻnggi 30-40-yil mobaynida bunday yogʻingarchilik intensivligi 15 foizga oshgani iqlim modellarining prognozlarini tasdiqlaydi. Bu issiq havo namlikni koʻproq saqlab turishga qodirligi, shuningdek, atmosfera tizimida energiyaning ortishi bilan bogʻliq.

Shu bilan birga, surunkali, koʻp kunlik yogʻingarchilik maʼlum bir joyga xos harorat oʻzgarishiga emas, balki El-Ninyo fenomeni kabi global iqlim oʻzgarishlariga bogʻliq. Ularning isish bilan aloqadorligi birmuncha murakkab va kamroq bashorat qilinadi.

Shunday qilib, iqlim oʻzgarishi turli xil yogʻinlarga turlicha taʼsir koʻrsatadi. Qisqa muddatli jala yanada kuchli va xatarli boʻlib, toʻsatdan roʻy beradigan suv toshqini va vayronagarchilik xavfini oshiradi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер