Gipertoniyaga chalingan bemorlar uchun 9 ta tavsiya

15:20 04 Fevral 2024 Jamiyat
225 0

Yuqori qon bosimi, yaʼni gipertoniya bugun aholi oʻrtasida eng koʻp tarqalgan yurak-qon tomir kasalliklaridan biri hisoblanadi. Uni vaqtida davolamaslik yurak ishemik kasalligi, infarkt, insult, yurak yetishmovchiligi kabi jiddiy xastaliklarga olib kelishi mumkin.

Gipertoniya profilaktikasi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

1. Toʻgʻri ovqatlaning. Qizil goʻsht, hayvon yogʻlari, tuz isteʼmolini kamaytiring, koʻproq meva va sabzavotlar, baliq, yongʻoqlar, yogʻsiz sut mahsulotlarini tanovul qiling.

2. Qahva ichishni kamaytiring. Kofein qon bosimini birdaniga oshirib yuborishi mumkin. Shuning uchun uning isteʼmolini kamaytirgan maʼqul.

3. Alkogol ichimliklarni isteʼmol qilish, tamaki chekish kabi zararli odatlardan voz keching.

4. Muntazam jismoniy mashqlarni bajarib turing. Yengil sport turlari, piyoda yurish, velosiped uchish, suzish arterial qon bosimini tushirishga yordam beradi.

5. Vazningizni nazorat qiling. Ortiqcha vazn gipertoniya rivojlanishi xavfini oshiradi.

6. Stressli vaziyatlardan qoching. Meditatsiya va yoga bilan shugʻullanish stress hissini kamaytirishning samarali usullaridan hisoblanadi.

7. Uyqu rejimiga amal qiling. Gipertoniyaga chalingan bemorga kuniga kamida 8-9 soat uxlash tavsiya etiladi.

8. Dorilarni oʻz vaqtida qabul qiling. Agar shifokor sizga qon bosimini tushirish uchun dorilar yozib bergan boʻlsa, ularni oʻz vaqtida qabul qilishni unutmang.

9. Davriy shifokor koʻrigidan oʻtib turing. Bu organizmdagi salbiy oʻzgarishlarni vaqtida aniqlash va tezkor choralarni koʻrish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?