Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga sportchilar tanlab olish tartibi tasdiqlandi
Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga oʻquvchi-sportchilar tanlab olish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019 yil 2-mh-son “Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3137, 2019 yil 18 fevral).
Gimnastika maktabiga har yili 12 nafar 7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan taʼlim oluvchi iqtidorli oʻquvchi-sportchilar qabul qilinadi. Umumiy kontingent 60 nafarni tashkil etadi, oʻqish muddati 5 yil.
Hujjatlar har yili 1 avgustdan 10 avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring