Gimnastikachi qizlarimiz finalga yoʻllanma olishdi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Badiiy gimnastika boʻyicha guruh mashqi yoʻnalishining saralash bosqichi ortda qoldi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ajoyib natija koʻrsatdi va final bahsi uchun yoʻllanmaga ega boʻldi.
Jamoamiz tarkibida Mumtoza Isʼhoqzoda, Shahzoda Ibragimova, Iroda Sodiqova, Evelina Atalyans hamda Amaliya Mamedova umumiy 64.000 ball bilan 7-oʻrinni egallashdi.
Shu tariqa, hamyurtlarimiz 10-avgust kuni boʻlib oʻtadigan final bosqichida ishtirok etadi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, jamoamiz tarkibi anchagina kuchli hisoblanadi. Masalan, Mumtoza Isʼhoqzoda 2005-yil 31-dekabrda Toshkenda tugʻilgan. Mumtoza bir necha marta Oʻzbekiston chempioni, Jahon kuboklari sovrindori va toʻrt marta Osiyo chempioni hisoblanadi.
Evelina Vartanovna Atalyans esa endi atigi 17 yoshda. U badiiy gimnastika boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi nomzodi va Osiyo chempionatlarida 4 tadan oltin va kumush, Jahon kubogi bosqichlarida 1 ta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, “Xanchjou-2022” yozgi Osiyo oʻyinlarida jamoaviy dasturda oltin medal sohibiga aylangandi.
Avvalroq, Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Doʻsmatovlar ikki karradan Olimpiada oltin medal sohiblari boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring