Gidroponika Navoiyda

Navoiy viloyati Karmana tumanida gidroponika usulida mahsulot yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxona ishga tushirildi.
“Zarafshan Golden Group” kompaniyasi tomonidan barpo etilgan issiqxona “Serasan Yapi Teknik” qishloq xoʻjaligi va injiniring issiqxonalar markazi tomonidan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi.
Aslida gidroponikani koʻpam zamonaviy,deb boʻlmaydi. Boisi, Vavilondagi osma hamda Markaziy Amerikadagi Asteklarning suzuvchi bogʻlari gidroponika nihoyatda qadim tarixga ega ekanligidan dalolatdir.
Oʻtgan ming yilliklarda esa ziroatchilikning bu usuli ham takomillashdi.
- Gidroponika usulida mineral ozuqa va kislorod toʻgʻri oʻsimlik ildiziga yetkaziladi, - deydi “Zarafshan Golden Group” kompaniyasi rahbari Ulugʻbek Fayziyev. – Shuningdek, ushbu usulda tuproqdan foydanlanmaslik, shoʻr va yerosti suvlari yaqin yerlarda mahsulot yetishtirish uchun qulaylik yaratadi.
Shuningdek, issiqxonada yetishtirilayotgan oʻsimliklarlar tabiiy biologik, yaʼni asalari yordamida changlatiladi. Buning uchun Turkiyadan mingdan ortiq asalari keltirildi.
Majmuaning umumiy maydoni qariyb 3,5 gektar boʻlib, uning 3,20 gektarini ishlab chiqarish, 0,25 gektarini esa xizmat koʻrsatish inshootlari tashkil etadi. Issiqxonada shu kunlarda pomidor yetishtirilib, texnologiya asosida uning har bir gektaridan oʻrtacha250 tonna hosil yigʻishtirib olish moʻljallanmoqda. Mahsulotning 600 tonnasini esa Qozogʻiston va Rossiya davlatlariga yetkazib berish boʻyicha hamkorlar bilan shartnoma imzolangan.
Eng muhimi, issiqxona faoliyatini boshlashi tufayli 50 nafar kishi ish bilan taʼminlandi.
Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring