Germaniyada sakkiz nafar ekofaol aeroportdagi namoyishda hibsga olindi
“Letzte Generation” ekofaollar guruhining sakkiz nafar aʼzosi Myunxen aeroportida tartibsizliklar uyushtirganligi sababli hibsga olindi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar bermoqda.
Faollar xavfsizlik toʻsiqlarini buzib oʻtib, uchish-qoʻnish yoʻlaklariga olib boradigan yoʻllarni yopishgan. Ularning noroziligi 60 ga yaqin reyslarning bekor qilinishiga va kiruvchi reyslarning boshqa aeroportlarga yoʻnaltirilishiga sabab boʻldi.
Norozilik harakati tashkilotchilari bu harakatini eng ifloslantiruvchi transport turi hisoblangan aviaparvozlarga nisbatan “nafrat”ni ifodalash deya talqin qilgan. “Letzte Generation” Germaniya hukumatini sohaga bepisand qarayotgani uchun tanqid ostiga olishmoqda.
Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fazer namoyishlarni qoralab, ularni havo qatnoviga tahdid soluvchi jinoiy harakatlar deb atadi. Uning taʼkidlashicha, bunday xatti-harakatlar faqat jamoatchilik orasida tushunmovchilik va gʻazabga sabab boʻladi.
Hozircha ushbu guruh aʼzolariga qanday jazo belgilanishi nomaʼlumligicha qolyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring