Germaniyada rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish talab qilindi
Foto: AP
Xristian-demokratik ittifoqdan Bundestag deputati Roderix Kizevetter hukumatdan qolgan rossiyalik diplomatlarni Germaniyadan chiqarib yuborishni va Berlindagi Ruslar uyini yopishni talab qildi. Bu haqda “Handelsblatt” gazetasi deputatning soʻzlariga asoslanib xabar tarqatdi.
“Qolgan agent va diplomatlarni chiqarib yuborishimiz kerak. Past darajadagi agentlar deb atalmish shaxslarni yollashga qarshi choralar koʻrish kerak. Bundan tashqari, Berlindagi Ruslar uyi va boshqa muassasalar yopilishi kerak”, — deydi Bundestagdagi maxsus xizmatlar boʻyicha parlament qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Kizevetter. U “Kiberhujumlar va gibrid hujumlar kuchayib borayotgan bir paytda nima qilish kerak?”, degan savolga shunday javob bergan.
Shuningdek, Kizevetter rossiyalik sayyohlar uchun vizani taqiqlashni, bir qator axborot manbalarini yopish va dezinformatsiyalar tarqatilayotgani aytilayotgan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni bloklashni taklif qildi.
2023-yilda Germaniya oʻnlab rus diplomatlarini mamlakatdan chiqarib yuborgandi. Shundan soʻng Rossiya diplomatik vakolatxonalarning nemis xodimlarini simmetrik ravishda chiqarib yuborish bilan javob berdi. Natijada Germaniya Yekaterinburg, Kaliningrad va Novosibirskdagi, Rossiya esa Gamburg, Leypsig, Myunxen va Frankfurt-Mayndagi bosh konsulliklarini yopdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring